Dasturchilar va AI ulagichi uchun yordam
Faroz MCP serveri va Claude, ChatGPT, Gemini uchun Faroz ulagichi bo'yicha ma'lumot. Savolingiz bo'lsa, bizga yozing — imkon qadar tez javob beramiz.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 16-oktabr
Bog'lanish
Faroz'ni AI yordamchiga ulash
Server manzili: https://faroz.uz/mcp — Faroz akkauntingiz bilan OAuth orqali kirasiz.
- Claude: Settings → Connectors → Add custom connector.
- ChatGPT: ChatGPT ichida Faroz ilovasini oching va kiring.
- Gemini: gemini.google.com → Settings → Connected apps → Add a custom app; yoki terminalda: gemini extensions install https://github.com/Akramjon-koder/faroz-mcp
Ko'p beriladigan savollar
- Yordamchi "ruxsat yo'q" deyapti — uy vazifasi vositalari faqat kurs xodimlari (o'qituvchi, yordamchi o'qituvchi, kurs admini) uchun ishlaydi.
- Qanday uzaman? Yordamchi sozlamalarida Faroz ulagichini o'chiring — kirish huquqi darhol tugaydi.
- O'quvchilar ismi nega yarim yashirin? Bolalar ma'lumotini himoya qilish uchun AI yordamchiga ism faqat qisman (masalan, Ma***a) beriladi.
- Ma'lumotlarimni qanday o'chiraman? Faroz akkauntingiz email manzilidan bizga yozing.
Hujjatlar
Ulagich hujjatlari va vositalar ro'yxati: https://github.com/Akramjon-koder/faroz-mcp. Rasmiy MCP reyestri: uz.faroz/faroz.